mkadr Field

Xodim manzilga boradi, ishini joyida qayd etadi va keyingisiga o‘tadi. Siz esa kim qayerga borgani, nima bajargani va qaysi vazifalar qolganini ko‘rib turasiz. Kun oxirida hisobot so‘rab yurishga hojat yo‘q.

Toshkent xaritasida ish yo‘nalishi va borilgan manzillar
Toshkentdagi ish yo‘nalishi namunasi · © OpenStreetMap
Ish yo‘nalishi xaritasi
Ish yo‘nalishi xaritasi

Ishini joyida qayd etadi. Kechqurun hisobot yozmaydi.

Tashrif tugadimi — natijasini belgilaydi, keyingi manzilga o‘tadi. Kun oxirida hammasini qayta eslash shart emas.

  1. 09:00

    Ish kunini boshlaydi

    Ilovada ish kunini ochadi va bugungi manzillarini ko‘radi.

  2. 10:12

    Tashrifni yakunlaydi

    Nima qilganini belgilaydi, kerak bo‘lsa keyingi vazifani qo‘shadi.

  3. 10:14

    Izoh qoldiradi

    Qisqa yozuv yoki tugmani bosib ovozli izoh qoldiradi.

Kim qayerga bordi, nima qildi — ko‘rinib turadi.

Qaysi manzillarga borilgan, tashriflar qanday yakunlangan va yana nimalar qilish kerak — hammasi bir joyda. Har bir xodimdan alohida so‘rashga hojat yo‘q.

Yo‘nalish

Xodim qaysi manzillarga borgani va qachon borganini ko‘rasiz.

Tashrif natijasi

Har bir manzilda qanday ish bajarilgani.

Qolgan ishlar

Qaysi vazifalar hali bajarilishi kerakligi.

Har kuni turli manzillarga boradigan jamoalar uchun.

Savdo, servis yoki tekshiruv bo‘lsin — ish turi har xil. Field har bir tashrif va uning natijasini tartib bilan saqlaydi.

Savdo vakillari

Qaysi mijozga borildi, nima kelishildi, qachon yana borish kerak.

Servis xodimlari

Chaqiruvlar, bajarilgan ishlar va hali hal qilinadigan masalalar.

Merchandayzerlar va nazoratchilar

Do‘konlardagi tekshiruvlar, topshiriqlar va ularning natijalari.

Joylashuv faqat faol ish kuni davomida qayd etiladi. Ovozli izohni xodimning o‘zi tugmani bosib yozadi. Internet uzilsa, qaydlar qurilmada saqlanadi va aloqa tiklangach yuboriladi.

60 000 so‘m

har bir xodim uchun oyiga

Yo‘nalishlar, tashriflar, vazifalar va rahbar uchun hisobot — hammasi bitta tizimda.

Yillik to‘lov — har bir xodim uchun 600 000 so‘m. 12 oy foydalanasiz, 10 oy uchun to‘laysiz.

Ko‘rsatilgan narx 31.12.2026 sanasigacha amal qiladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Fieldni HRMsiz ishlatsa bo‘ladimi?

Ha, bo‘ladi. Field mustaqil ishlaydi. HRM kerak bo‘lsa, uni ham qo‘shishingiz mumkin.

Internet uzilib qolsa nima bo‘ladi?

Qaydlar telefon yoki planshetda saqlanadi. Internet qaytgach, tizimga yuboriladi.

Qaysi qurilmalarda ishlaydi?

Android telefon va planshetlarda. Ishga tushirishdan oldin qurilmangiz mosligini tekshiramiz.

Field sizning jamoangizda qanday ishlashini ko‘rsatamiz.

Xodimlaringiz qayerlarga boradi, qanday ishlaydi — ayting. Shu ishlarni Field yordamida qanday yuritishni ko‘rsatamiz.

Namoyish so‘rash