Ommaviy oferta
2026-yil 1-oktabrdagi tahrir
Bu yerda asosiy shartlar keltirilgan. To‘liq shartnomani ulanishdan oldin taqdim etamiz.
Shartnoma predmeti
mkadr obunasi terminallarni ulash, ish jadvallarini sozlash, Telegram-bot, hisobot va eksportlarni o‘z ichiga oladi.
Narx
Narx xodimlar soni va tanlangan tarifga bog‘liq. Yakuniy summani ulanishdan oldin kelishamiz.
To‘lov
To‘lov har oy yoki bir yil uchun amalga oshiriladi. Yillik to‘lovda ikki oy bepul. Sinov muddati bepul.
Joriy etish
Ulash va sozlash obuna narxiga kiradi. O‘tish davrida avvalgi tizim parallel ishlashi mumkin.
Mas’uliyat
Xizmatning uzluksiz ishlashi va ma’lumotlarning saqlanishi uchun javob beramiz. Davomat qaydlari va tuzatishlar manbasi ko‘rsatilgan holda saqlanadi.
O‘zgarishlar
Shartlar o‘zgarishi haqida oldindan xabar beramiz. Yangi tahrir keyingi hisob-kitob davridan boshlab amal qiladi.
Aloqa
hrm@mkadr.uz · Telegram @mkadr_uz · +998 93 311 31 99